22:50 / 24.11.2015
6477

Mogerini: Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak

Suriyada Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotining turk samolyoti tomonidan urib tushirilishidan keyin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak, deb aytdi 24 noyabrda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasining boshlig‘i Federika Mogerini.

“Ertalab NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan gaplashdim. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak”, deb aytdi Mogerini.

Su-24 samolyoti Suriyada Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan 6 ming metr balandlikda “havo-havo” raketasi bilan urib tushirildi. Vladimir Putin bu noxush voqeani “terrorchilar sheriklari”ning Rossiyaning “orqasiga pichoq urishi” deb atadi. Putinning aytishicha, samolyot Turkiyaga hech qanday xavf solmagan, chunki IShIDga qarshi operatsiya olib borgan. Putinning ta'kidlashicha, “Turkiya harbiy-havo kuchlarining Rossiyaning Su-24 samolyotiga hujumi Rossiya va Turkiya munosabatlarida jiddiy oqibatlarga olib keladi”.

Top