08:39 / 24.11.2015
2370

OAV: Parij yaqinidagi Monruj shaharchasida hudkush-terrorchilar tasmasiga o‘xshash buyum topildi

Qarovsiz holda yotgan portlovchi moddalar osiladigan tasma Parij janubidagi Monruj shaharchasidan 23 noyabr kuni topildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

BFM TV telekanali bergan xabarga ko‘ra, buyum Monruj ko‘chalaridan birida topilgan. Shubhali buyum topilgan joy mahalliy politsiya vakillari tomonidan o‘rab olingan. Mahalliy aholini o‘rab olingan hudud orqali uylariga o‘tishlariga ruxsat berishmagan.

AFP ma'lumotiga ko‘ra, buyum ayni damda Fransiya va Belgiyadan qidirilayotgan terrorchi Saloh Abdislomga qarashli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Saloh ham Parij terakti tashkilotchilaridan biri hisobalanadi.

Top