07:28 / 24.11.2015
2541

OAV: Runi Xitoydagi klublardan biriga o‘tishi mumkin

"Manchester Yunayted" jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Xitoy chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, futbolchining vakillari shu boradagi muzokaralarni boshlashgan.

Xabar qilinishicha, Xitoy Superligasi Runini mamlakat chempionatining yuziga aylanuvchi yulduz futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda "MYu" safida 11ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol ura olgan.

Top