18:35 / 24.11.2015
8790

OAV: Su-24 samolyotining ikkinchi uchuvchisi ham halok bo‘ldi

Turkiya tomonidan urib tushirilgan, Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotining ikkinchi uchuvchisi ham halok bo‘lgan. Bu haqda SkyNews xabar tarqatdi.

Biroz oldinroq, CNN telekanalining Turkiyadagi bo‘limi vakili Ezgi Jankurtaran o‘z tvitteri orqali Su-24 samolyotini halokatdan oldin tark etgan uchuvchilardan biri halok bo‘lganini bildirgandi.

Biroz oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyotining urib tushirilishini ortdan berilgan zarba deb atagandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr, seshanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirdi.

Avvalroq Turkiya tomoni Suriyadagi harbiy operatsiyani o‘tkazish davomida Rossiya Turkiya havo kengliklarini buzib o‘tayotgani munosabati bilan Rossiyani ogohlantirgandi.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Top