23:02 / 24.11.2015
4300

O‘zbekiston va Janubiy Koreya 1,1 mlrd dollarlik loyihalarni ishlab chiqmoqda

Janubiy Koreya va O‘zbekiston kompaniyalari umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarlik loyihalarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda 23 noyabrda Janubiy Koreyaning savdo, sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari U Te Xi ma'lum qildi.

Xususan, Janubiy Koreyaning GS Engineering & Construction kompaniyasi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini modernizatsiya qilish bo‘yicha 570 mln dollarlik loyihani, Samsung Engineering esa piroliz benzin zavodini qurish bo‘yicha 300 mln dollarlik loyihani tayyorlashda ishtirok etmoqda.

Xining aytishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsion forum doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya kompaniyalari energetika, neft-gaz, qazilmalar olish, kimyo va elektrotexnika, avtomobilsozlik, telekommunikatsiyalar sohalarida 50 ga yaqin ishlanmalar haqida kelishuvga erishdilar.

Top