23:01 / 24.11.2015
6929

O‘zbekistonda OIV tashxisi qo‘yilgan yangi bemorlarning soni yiliga 4 mingdan ortmayapti

Joriy yilda O‘zbekistonda har yili qayd qilinadigan OIV (odam immunodefitsiti virusi)ga uchragan yangi bemorlar kamayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today nashriga OITSga qarshi kurashish bo‘yicha respublika markazi lirektori o‘rinbosari Dildora Mustafayeva ma'lum qildi. Uning aytishicha, hozir farq uncha katta emas.

“Agar o‘tgan va joriy yildagi shu davrlarni solishtirsak, bu yili 70 nafarga kam bemor ro‘yxatdan o‘tdi. Kasallanishning pasayishi bu yangi tendensiya. Uzoq yillar davomida yiliga yangi kasallanganlar soni 4 mingdan oshmayapti. Bularning barchasi yuqori malakali tibbiyot xizmatlaridan va profilaktika bo‘yicha samarali ishdan foydalana olishn darajasini ko‘tarishga imkon bergan manzilli dasturlarni amalga oshirish natijasidir”, deb ta'kidlab o‘tdi Mustafayeva.

OITS bilan kurashish respublika markazi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda  2014 yil 1 dekabriga holatiga ko‘ra 27,5 mingdan ziyodroq OIV bilan kasallanganlar qayd qilingan. O‘zbekiston hukumati o‘tgan yil sentabrda OIV infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish sohasida umumiy qiymati 19 mln dollardan ko‘proq uch yillik dasturni tasdiqladi. Dasturga ko‘ra 2014-2016 yillar mobaynida profilaktik tadbirlar, OITSga qarshi kurashuvchi markazlar va davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Top