17:20 / 24.11.2015
5638

O‘zbekistonlik militsiyachi benzini tugab qolgan nafaqaxo‘rga yordam berdi

Huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari benzini tugab, mashinasi yo‘l chetida to‘xtab qolgan keksa insonga yordam berishdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Priznavaysya, Uzbekistan” guruhida bu borada xabar joylashtirildi.

Voqea guvohi nafaqaxo‘rni suratga olib, guruhda bu borada kichikroq posting qoldirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, militsiyachi murakkab vaziyatga tushib qolgan nafaqaxo‘r yaqinida mashinasini to‘xtatib, unga yordam qo‘lini uzatgan.

“Bugun bu bobo qo‘lida idish bilan turardi. Uning benzini tugab qoldi. Men unga o‘z mashinamdan quyib berishga to‘xtadim. Lekin shunda militsiya signali o‘rnatilgan Matiz to‘xtadi, undan militsiyachi tushdi. U nima derkin, deb turgandim. U esa benzin to‘la idish chiqarib, bizlarga berdi”, - deyiladi xabarnomada.

Foydalanuvchilarning kattagina qismi militsiyachining harakatlaridan mamnunligini va mag‘rurligini bildirishdi.

Ammo ba'zi birovlar militsiyachini ham, nafaqaxo‘rni ham turli sabablarga ko‘ra tanqid ostiga oldi. Ikkinchi tomonning fikricha, nafaqaxo‘r tekinxo‘rlikni o‘ziga kasb qilib olgan. Xabar ostida fikr qoldirganlar uni har kuni yo‘lda shu holatda turganini va benzin g‘amlash bilan band bo‘lishini aytib o‘tishgan.

Top