18:53 / 24.11.2015
7279

Putin: Rossiya samolyoti Turkiya chegarasidan 1 km uzoqda urib tushirildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiyaning F-16 qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan.

Bu so‘zlar Putinning Iordaniya qiroli Abdulla bin al-Husayn bilan Sochida o‘tayotgan uchrashuvi chog‘ida aytildi. Suhbat “Rossiya 24” telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.
Putinning so‘zlariga qaraganda, samolyot Turkiyaga xavf solmayotgan edi va ushbu mamlakat chegarasidan 1 km uzoqda urib tushirilgan edi.

Shuningdek, samolyot “havo-havo” raketasi bilan tushirilgan.

Top