07:31 / 24.11.2015
3417

Putin va Xominaiy Suriya taqdirini suriyaliklar hal etishi lozimligini ta'kidlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy o‘zaro uchrashuv chog‘ida Suriyadagi siyosiy tartibsizlikni chetdan turib hal qilib bo‘lmasligi, buni Suriya xalqining o‘zi hal etishi lozimligini tasdiqlashdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

"Muhokamalar mintaqadagi, ayniqsa, Suriyadagi inqroziy vaziyatga qaratildi. Mamlakatdagi siyosiy tartibsizliklarni chetdan turib hal etib bo‘lmasligi va bu suriyaliklar irodasi bilan hal etilishi lozimligi borasida Moskva va Tehron yakdil fikrga kelishdi", — dedi Peskov jurnalistlarga.

Top