17:43 / 24.11.2015
17218

Qozon shahrida Alisher Usmonovning o‘gay o‘g‘li o‘zbek oshxonasi restoranini ochdi

Qozonda “Uryuk” restorani mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Rossiyaning eng boy odami Alisher Usmonovga tegishli 100 mln rubllik ushbu loyiha milliarderning o‘gay o‘g‘li Anton Vinerga tegishli shu nomdagi tarmoqning 21-muassasasidir.

BusinessOnline ma'lumotlariga qaraganda, “Uryuk” menyusining asosini o‘zbek oshxonasi taomlari tashkil qiladi, shuningdek, Yevropa taomlari ham bor; barcha ovqatlar halol ekanligi ta'kidlanmoqda.

Qozonda o‘zbek taomlarini taqdim etuvchi boshqa muassasalar ham yo‘q emas – “Rubai” nomli 2 restoran, “Humo” va “Registon” restoranlari, P.Love choyxonasi. Shuningdek, “Sultanat”, “Pir” va Love Story restoranlarida ularni boshqa Sharq taomlari menyusidan topish mumkin.

Top