22:43 / 24.11.2015
4042

Rosturizm rossiyalik sayyohlarga Turkiyaga bormaslikni tavsiya qilyapti

Rosturizm rossiyalik sayyohlarga terrorchilik xavfi tufayli Turkiyaga bormaslikni tavsiya qilyapti. Bu haqda Rosturizm rahbari Oleg Safonov TASS axborot agentligiga ma'lum qildi.

“Biz Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan tavsiyalar oldik. Tashqi ishlar vaziri vazirlik Turkiyaga bormaslikni tavsiya qilayotganini aytdi, chunki Turkiyada terrorchilik xavfi Misrdagidan kam emas. Rosturizm bu tavsiyalarni bajarish uchun ishlarni boshladi”, deb aytdi Safonov.

Safonovning aytishicha, hozircha rossiyalik sayyohlarni Misrdagi kabi olib chiqib ketish haqida gap bormayapti. “Biz bugun turoperatorlarni Turkiyada bo‘lgan sayyohlar soni haqida ma'lumotni tezkorlik bilan taqdim qilishni iltimos qilib murojaat qilamiz va biz Rossiya hukumati va prezidenti qabul qiladigan qarorlarga muvofiq turli choralarni ko‘rishga tayyor turamiz”, deb aytdi Rosturizm rahbari.

O‘z navbatida, Davlat dumasining sayyohlik bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Mixail Yemelyanov TASS axborot agentligiga ma'lum qilishicha, Rossiyaning Su-24 samolyotiga hujum birinchi navbatda Turkiya sayyohlik sohasiga jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Turkiya sayyohlik sohasining eng ommaviy yo‘nalishi xavf ostida qolmoqda”, deb aytdi Yemelyanov.

Top