16:52 / 24.11.2015
2478

Tripolida ro‘y bergan terakt natijasida besh nafar harbiy halok bo‘ldi

Liviya poytaxti Tripoli shahri sharqida sodir etilgan portlash natijasida eng kamida besh harbiy halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Portlovchi moddalar bo‘lgan avtomobil nazorat-o‘tkazish punktida portlagan. 16 kishi jarohat oldi.

Bundan avvalroq esa IShIDning Liviyadagi yetakchisi Abu Nabil Darna shahri hududida AQSh tomonidan berilgan aviazarbada halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.

Top