17:39 / 24.11.2015
9595

Uyingizning eng iflos nuqtalari

Uyimizning shunday joylari borki, ular biz kutmagan darajada iflos va sog‘lig‘imiz uchun xafvli sanaladi. Va mana shu ifloslikni o‘zimiz o‘z qo‘llarimiz hamda e'tiborsizligimiz tufayli paydo qilamiz. Biz milliardlab mikroblar orasida ovqatlanamiz, ishlaymiz, uxlaymiz va yashaymiz, ammo ular bilan kurashishga xarakat ham qilmaymiz.

Bunga aniqlik kiritish uchun xar bir uyda bo‘ladigan eng iflos joylar haqida kichkina maqola tayyorladik. Agar keyingi tozalash ishlarimizda mana shu keltirilgan nuqtalarga ko‘proq e'tibor qaratsak hayotimiz ozoda va xavfsizroq bo‘lgan bo‘lar edi. 

Yostiqjild

 

Xavflilik darajasi: o‘rtacha

Yostiq va yostiqjild – mikroblarning xaqiqiy uyasi. Millionlab allergenlar, viruslar va bakteriyalar, chang kapasi va boshqa mikroskopik jonivorlar shu yerda to‘planadilar. Bularning barchasi nafas yo‘li va ko‘z kasalliklarini, astma va konyunktivitni keltirib chiqarishi mumkin. Bu muammolardan qochishni xohlaysizmi, unda yostiqjildni bir haftada kamida bir marta almashtiring. 

Changyutgich

 

Xavflilik darajasi: o‘rtacha

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: bu uskuna bilan gilam va poldagi changlarni tozalaysiz. Changyutgich eng yoqimsiz bakteriyalarning yashirin uyasidir. Uni yashash xonalaridan alohida saqlash va faqat chang xaltasini emas, truba va cho‘tkasini ham tozalash zarur.

Kontrollerlar

 

Xavflilik darajasi: o‘rtacha

Deyarli xar bir xonadonda o‘yin kontrollerlari mavjud. Qancha vaqtingizni navbatdagi mahluqni o‘ldirish bilan o‘tkazasiz? Tunda siz, monitor ekrani va biron-bir shirin taom idishi qolganingizda necha marta televizor pultini toza bo‘lmagan qo‘llar bilan ushlaysiz? Endi tasavvur qiling, plastmassa qancha kirni o‘ziga singdirishi mumkin? 

Eshik tutqichi

 

Xavflilik darajasi: yuqori

Siz jamoat joyida eshik tutqichi tozalik darajasini nazorat qila olmaysiz, ammo o‘z uyingizda buni qilishingiz zarur. Ularni har kuni tozalash shart emas. Shunchaki uyni tozalash paytida ularni ham tozalashni unutmang.

Muzlatgich eshigi zichlatgichi

 

Xavflilik darajasi: yuqori

Muzlatgich eshigi ichgi tarafidagi rezina zichlatgichi – mikroblarning xaqiqiy uyasidir. Bu yerda zamburug‘ va mikroblar rivojlanishi uchun qulay sharoitning hammasi yig‘ilgan: qorong‘i, nam, bu yerga tez-tez ovqat bo‘laklari tushishi mumkin. O‘zingizni qo‘lga oling va bu joyga bir qarab ko‘ring. 

Klaviatura

 

Xavflilik darajasi: yuqori

Klaviaturangizni tez tez almashtirib turasizmi? Sizda noutbukmi? O‘ylab ko‘ring, necha marta kir qo‘llar bilan kompyuterda ishlashga o‘tirgansiz? Qo‘rqinchlimi? To‘g‘ri. Klaviaturangizni nam sochiq bilan arting va unda har safar ishlashni boshlashdan oldin qo‘lingizni yuvishga xarakat qiling. 

Latta i gubkalar

 

Xavflilik darajasi: juda yuqori

Ularning dag‘al va g‘ovakli yuzasi bakteriyalar uchun ajoyib ta'minlovchi muhit hisoblanadi. Unga ozgina kir, ozgina mayda ushoqlar va ovqat qoldiqlarini qo‘shing – tabriklaymiz, siz viruslarning birinchi supermarketini ochdingiz. Latta va gubkalarni imkoni boricha tez tez almashtirib turing, idishlarni yuvayotganingizda xar safar yangi gubkadan foydalaning. 

Oshxona go‘sht to‘g‘rag‘ich taxtachasi (oshtaxta)

 

Xavflilik darajasi: juda yuqori

Salmonella, ichak tayoqchasi, parazitlar va tasmasimon chuvalchanglar. Bularning barchasi go‘sht maydalash uchun maxsus taxtachada maydalanadigan go‘shtda mavjud. Yog‘ochdan yasalgan taxtacha haqida umuman unuting: ular inson tanasiga unchalik do‘st bo‘lmagan ushbu mikroblar uchun haqiqiy jannatdir. Taxtachalarni ishlatganingizdan so‘ng yaxshilab yuving va har xil maqsadda ishlatiladigan bir nechta taxtachalardan fodalaning.

Xojatxona

 

Xavflilik darajasi: juda yuqori

Bu yerga bakteriyalar har xil joydan kelib qolishadi. Sanuzel qopqog‘ini tushirmay suvni qo‘yib yubordingizmi? Endi hamma mikroblar xojatxonangizning xar bir burchagida mavjud. Bu kichkina, ammo muhim axamiyatga ega xonaga tozalash paytida alohida e'tibor qarating. Va sanuzel qopqog‘ini tushirishni unutmang.

Top