15:37 / 24.11.2015
3368

Xiaomi to‘liq metalldan yasalgan smartfon taqdim etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining rasmiy tvitter sahifasida RedmiNote3 smartfonini taqdim qildi. Qurilma to‘liq metalldan yasalgan bo‘lib, u Helio X10 protsessorida ishlaydi. Smartfon korpusining orqa tomonida barmoq izi skaneri ham mavjud.

RedmiNote3’ga 4000 mA/soat hajmli akkumulyator, 13 Mp asosiy hamda 5 Mp old kamera o‘rnatilgan. Smartfonning ikki xil: 16 GB doimiy, 2 GB tezkor xotira hamda 32 GB doimiy, 3 GB tezkor xotiraga ega versiyalar bor.

Smartfon uch xil: kumush, to‘q kulrang hamda tillarang korpuslarda sotuvga chiqadi. Uning narxi 140 dollardan boshlanadi. 

Top