15:24 / 24.11.2015
3705

Yangiyo‘llik faollar ikki chegarabuzarni qo‘lga oldi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining chegara yaqinidagi “Umid” mahallasi faollari tomonidan ikki nafar chegarabuzar qo‘lga olindi. Bu haqda “Umid” mahallari fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan davlat chegarasi xavfsizligiga bag‘ishlangan uchrashuvda ma'lum qilindi.

«Tashkentskaya pravda» nashrining yozishicha, uchrashuvda misol sifatida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Saida Odilova (ism va familiya o‘zgartirilgan)bir necha bor noqonuniy yo‘llar orqali O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasini buzib o‘tgani keltirib o‘tilgan. U yashirin tarzda o‘z “biznesi”ni yurg‘izish uchun turli mahsulotlarni tashigan. S.Odilova faollar tomonidan qo‘lga olinib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qo‘liga topshirilgan.

Unga nisbatan eng oylik ish haqining 110 barobari miqdorida jarimaga tortish jazosi qo‘llanildi.

Top