19:10 / 25.11.2015
5198

Afg‘onistonda geroin ishlab chiqarish 15 yil ichida 50 barobarga o‘sgan

Rossiya va Eron Afg‘onistonda 2001 yilda “Metin ozodlik” xalqaro harbiy operatsiyasi o‘tkazilgandan boshlab mamlakatda geroin giyohvand moddasi ishlab chiqarish quvvati 50 foizga oshgani va sanoat ishlab chiqarishi ko‘rinishini olganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Moskvadagi uchrashuvda Rossiyaning Narkotik moddalar aylanmasini nazorat qilish federal xizmati direktori Viktor Ivanov va Eron Milliy assambleyasi raisi Fazli Hodi Muslimyor aytib o‘tishdi.

BMTning narkotiklar va jinoyat bo‘yicha boshqarmasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistondagi jinoiy tuzilmalarning narkosavdodan oladigan umumiy daromadi 3,5 mlrd dollarni, transmilliy tuzilmalarning giyohvand moddalar aylanmasidan oladigan jami daromadi esa 25 barobar ko‘proq, ya'ni 100 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Tomonlar giyohvand moddalar muammosini hal qilishda birinchi navbatdagi choralar qatoriga narkotik ishlab chiqaruvchi davlatlarni boshqacha yo‘llar bilan rivojlantirish kompleks dasturlari kiritilishi kerakligini aytib o‘tishdi.

Giyohvand moddalarning global tarzda ishlab chiqarilishi va aylantirish xalqaro tinchlik va xavfsizlik, barqaror iqtisodiy rivojlanish va millatlar salomatligiga xavf soluvchi manbadir, deb ta'kidlanmoqda.

Giyohvand modda ishlab chiqarilishining yo‘q qilinishi butun insoniyat uchun ustuvor vazifa bo‘lishi kerak hamda bu muammoni hal qilishda BMTga a'zo davlatlar hamda ShHT, KXShT kabi xalqaro tashkilotlar o‘z sa'y-harakatlarini mujassamlashtirishi lozim.

Tomonlar giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarning yana rivojlanishiga tayyorgarliklarini bildirib o‘tishdi.

Top