10:36 / 25.11.2015
2823

Benites: Ronaldu bilan hech qanaqa muammoim yo‘q

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benitesning ma'lum etishicha, u va jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanmish Kriishtianu Ronaldu o‘rtasida hech qanaqa ziddiyatlar yo‘q.

"Biz bir yagona jamoamiz. Prezidentning iliq so‘zlari va qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz xatolarni ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz. Men vaziyatga optimistik ruh bilan qarayman. Xuddi mavsum avvalidagidek. Krishtianu Ronaldu kuchli futbolchi va "Real"ning asosiy futbolchilaridan biri. Menda u bilan hech qanaqa ziddiyat mavjud emas", degan u.

Biroz oldinroq, Ronaldu jamoa prezidenti Florentino Peresga yoki murabbiy, yoki o‘zi ketishi haqida ultimatum qo‘ygani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Keyinchalik, Peres matbuot anjumani o‘tkazdi va Benites jamoada qolishi hamda u bilan futbolchilar o‘rtasida muammo yo‘qligini bildirdi.

Top