23:59 / 25.11.2015
2744

Buyuk Britaniya hukumati Royal Bank of Scotland bankining 38 mlrd dollarlik aksiyasini sotuvga qo‘ymoqchi

Buyuk Britaniya hukumati Royal Bank of Scotland bankining 28 mlrd funt sterlinglik (38 mlrd dollarlik) aksiyasini sotishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Buyuk Britaniya Moliya vaziri Jorj Osbornning “kuzgi nomasida” aytilmoqda. U bu nomasini parlamentda taqdim qildi.

“Hukumatda bu aktivlarga egalik qilishga boshqa ehtiyoj yo‘qligi sababli, u davlat sektorining sof qarzdorligini qisqartirish uchun ulardan qutulishga harakat qiladi”, deyilmoqda hujjatda.

Bunda aksiyalarning katta qismini 2020 yildagi parlamentdagi mandat tugaguncha va yana 5,8 mlrd funt sterlinglik aksiyalarni 2020-2021 yillarda sotish rejalashtirmoqda.

Avgustda Britaniya hukumati bankning 2 mlrd funt sterlinglik aksiyalarini sotgan edi, bu bankdagi butun davlat aktivlarining 5,2 foizini tashkil qilgan. Hammasi bo‘lib davlatga bu bankning 78 foizi tegishli bo‘lib, u 32 mlrd funt sterlingga (48,3 mlrd dollarga) baholanadi.

Top