14:54 / 25.11.2015
2293

Klintonlar oilasi moliyaviy kompaniyalardagi chiqishlaridan 35 mln dollar ishlab topdi

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton o‘zi ko‘pincha tanqid ostiga oladigan yirik moliyaviy institutlardan ko‘p miqdorda mablag‘ olgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Jurnalistlarning aniqlashicha, AQShning sobiq davlat kotibi hamda uning turmush o‘rtog‘i – sobiq prezident Bill Klinton 2001 yildan buyon 164 marta ko‘chmas mulk, moliya va sug‘urta yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi korporatsiyalar xodimlari qarshisida chiqish qilgan. Bunda ular kamida 35 mln dollar ishlab topgani aytilmoqda.

“Hillari Klinton Uoll-strit do‘sti emasligini saylovchilarga ko‘rsatishga intiladi. Ammo Uoll-strit unga do‘stona munosabatda bo‘ladi”, - ta'kidlanadi materialda.

Top