Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 25 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
Rossiya FVV: Aviaaloqalar uzilganidan buyon Misrni 90 mingga yaqin rossiyalik tark etdi>>
Rossiya va Misr o‘rtasidagi aviaaloqalarning to‘xtatib turilganidan boshlab hozirgi kunga qadar 89 mingdan ortiqroq rossiyalik Misrni tark etishgan.
Erdo‘g‘an: Turkiya HHK Su-24ga hujum qilishda uning Rossiya samolyoti ekanini bilmagan>>
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro islom iqtisodiyoti konferensiyasida mamlakat harbiy havo kuchlari Su-24 samolyotiga hujum qilayotgan vaqtda uning Rossiyaga tegishli ekanini bilishmaganini ma'lum qildi.
Putin: Turkiyadagi Rossiya fuqarolari xavf ostida qolishi mumkin>>
Turkiya hududida bo‘lgan Rossiya fuqarolari sezilarli darajada xavf ostida qolishlari mumkin, deya ta'kidlab o‘tdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Obama va Erdo‘g‘an: Su-24 samolyotining urib tushirilishiga o‘xshash vaziyat qaytarilmasligi kerak>>
AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Rossiyaning Su-24 samolyoti Suriya hududida Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan “havo-havo” raketasi bilan urib tushirilgandan keyingi vaziyatni muhokama qildi
OAV: Rossiya vertolyoti Turkiya orqali AQSh yetkazgan raketa bilan urib tushirildi>>
Rossiyaning 24 noyabr kuni Suriyada urib tushirilgan Mi-8AMTSh vertolyotiga qarshi AQShning BGM-71 TOW tanklarga qarshi kompleksi qo‘llangan.
Medvedev: Rossiya va Turkiyaning do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetdi>>
Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan Turkiyaning xatti-harakatlari oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetdi.
Ramzon Qodirov urib tushirilgan Su-24 haqida: Turkiya qilmishi uchun pushaymon yeydi>>
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Suriyada urib tushirilgan Su-24 samolyoti bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
Guardian: Abdulhamid Abaud Parijda yana teraktlar sodir etmoqchi edi>>
Parijdagi teraktlar tashkilotchsi Abdulhamid Abaud 13 noyabr voqealaridan keyin yana bir katta terakt tayyorlagan.
Uch yil avval Erdo‘g‘an chegarani ahamiyatsiz buzgan samolyotlarni urib tushirmaslik lozimligini aytgan edi>>
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ikkiyuzlamachilik qilganlikda ayblanmoqda.
Fransiya energiya obektlari xavfsiligini oshirmoqda>>
Fransiyaning AESlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
Fransiyada talonchilar tomonidan garovga olingan fuqarolar ozod qilindi>>
24 noyabr kuni kechasi, Fransiya shimolidagi Lill shahridan uzoq bo‘lmagan Rube shaharchasida (Belgiya bilan chegaradan 2 km ichkarida) noma'lum shaxslar odamlarni garovga oldi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabi: “Moskva” kreyseri barcha xavf tug‘diruvchi nishonlarni yo‘q qiladi>>
Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabi tomonidan Rossiyaning Suriyadagi aviatsiyasi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ishlab chiqilmoqda.
Fransiya Parij terakti vaqtida qo‘lga olingan 124 kishiga nisbatan ayblov e'lon qildi>>
Parij teraktidan so‘ng, Fransiyada e'lon qilingan favqulodda holat paytida politsiya tomonidan 1233 tintuv ishi o‘tkazildi va unda 124 kishi hibsga olinib, ularga nisbatan ayblov e'lon qilindi.
Oq uy: IShID tomonidan AQShga hech qanday aniq tahdidlar yo‘q>>
IShID ekstremistik guruhi terroristlari tomonidan AQShga hech qanday aniq tahdidlar mavjud emas.
Forbes: Su-24ning urib tushirilishi Rossiya va Turkiya o‘rtasida harbiy ixtilofni keltirib chiqarmaydi>>
Rossiya Turkiya tomonidan o‘zining Su-24 samolyoti urib tushirilishiga keskin sharhlar berganiga qaramay, ular o‘rtasida keng miqyosli urush kelib chiqishi ehtimoldan uzoq, deb hisoblaydi Forbes jurnali.
Rossiya Mudofaa vazirligida Turkiyaning harakatlari nodo‘stona harakat deb ataldi>>
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan Turkiyaning harakatlarini nodo‘stona harakat deb atadi.
NYT: Qunduzdagi shifoxonaga uyushtirilgan AQSh hujumiga nishonlarning og‘zaki bayon qilingani sabab bo‘lgan>>
AQSh qurolli kuchlari tomonidan Afg‘onistonning Kunduz shahridagi “Chegarasiz shifokorlar” kasalxonasiga aviazarbalar berilishi inson xatosi sababli ro‘y bergan
Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya chegarasi yaqinida ikki nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lganini tasdiqladi>>
Suriyada Turkiya HHK tomonidan urib turishilgan Su-24 samolyotini qidirish-qutqaruv operatsiyasini olib borayotgan Mi-8 vertolyotlaridan biri jangarilar tomonidan nazorat qilinuvchi hududdan o‘qqa tutilishi oqibatida bir nafar Rossiya dengiz piyoda askari halok bo‘ldi.
Suriyada rossiyalik askar vertolyotga hujum chog‘ida halok bo‘ldi>>
Suriyada Su-24 samolyoti uchuvchilarini qutqarish uchun yuborilgan vertolyotga hujum chog‘ida rossiyalik askar halok bo‘ldi.
Tunis hukumati mamlakat poytaxtidagi avtobus portlashida 12 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi>>
Tunis poytaxtidagi avtobus portlashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi.
44 mlrd dollarlik zarba: Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ixtilof shuncha zarar keltirishi mumkin>>
Turkiya harbiy samolyoti tomonidan Su-24 samolyoti urib tushirilgandan keyin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy aloqalar xavf ostida qolmoqda.
Afg‘onistonda tolibonlar Moldaviya vertolyoti yo‘lovchilarini asir oldi>>
"Tolibon" jangarilari Afg‘onistonning Faryob viloyati hududida Moldaviyaga tegishli vertolyot ekipaji va yo‘lovchilarini garovga olgan.
Hindistondagi suv toshqinlari qurbonlarining soni 176 nafarga yetdi>>
Hindiston janubidagi Tamilnad shtatida tinimsiz yog‘ingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlari qurbonlari soni 176 nafarga yetdi
Amerikalik general: Turkiya HHKda Su-24 samolyotini urib tushirishga yetarli asoslar yo‘q edi>>
Turkiya harbiy havo kuchlari Suriya chegaralari hududida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirish zarur deb katta xatoga yo‘l qo‘ydi.