19:51 / 25.11.2015
24100

Maxatma Gandidan iqtiboslar

Maxatma Gandi haqida maqtovli so‘zlar gapirib, uni ko‘klarga ko‘tarishning hojati yo‘q. Dono zotning hayot yo‘li hammasini o‘z o‘rnida, boricha aytib turibdi. Maxatma Gandi hamisha insonlarni poklanishga, halollikka va barcha narsalarni qadrlashga undagan. Uning jasorati, da'vati Hindistonga mustaqillikni olib berdi. Uning noyob va takrorlanmas falsafasi barcha muammolarni kuch bilan emas, tinchlik yo‘li bilan hal etish g‘oyasini ilgari suradi. 

Buyuk faylasuf va rahnamo Maxatma Gandi doimo "Dunyoda muhabbat g‘alaba qilishi uchun jang emas, tinchlik kerak", deya ta'kidlagan. Bu inson yolg‘on va qabihliklarga to‘la dunyoda vijdoni va nomusiga gard tekkizmay, pok yashay olgan faylasuf sifatida hamisha qadrli. 

Bugun sizga "hind otasi", deya ta'riflangan Maxatma Gandining hayot, umr, dunyo haqidagi eng yaxshi iqtiboslarini taqdim etamiz. Ushbu bitiklarni o‘qigan kitobxonlarni ilhomlantirib, uning har bir so‘zidan yana bir yangi fikr, asar, yozishmalar bitishga undasa ajab emas.

Bu bitiklarni o‘qir ekanmiz, biz o‘zgarishlar zamonida yashashimizga qaramay, abadiy tuyg‘ular ham borligini unutmasligimiz kerakligiga amin bo‘lasan kishi… Buyuk inson Maxatma Gandining fikrlari haqiqatan ajoyib va mo‘'jizakor gaplardan iborat. Bu iqtiboslarni yodingizda saqlab, unga har zamon nazar tashlab qo‘ysangiz, foydadan holi bo‘lmaydi. 

XABARDOR.UZ / Sevarabegim

Top