19:40 / 25.11.2015
26278

Mashhurlarning yoshligi

Mashhur siyosatchilar, san'atkorlar, sportchilar va yozuvchilar yoshliklarida barchamiz kabi oddiy odamlar bo‘lgan. Kimdir qorovul bo‘lishni, kimdir yana boshqa bir sohaga o‘zini bag‘ishlashni istagan. Taqdir ularga qanday sovg‘alar tayyorlab qo‘yganini esa u paytda ko‘plari tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

Quyida mashhurlarning yoshligi va bolaligi aks etgan suratlar jamlanmasini ko‘zdan kechirishingiz mumkin.

1. 7 yoshli Jorj Kluni: katta bo‘lganida uni otasidan farqlab bo‘lmay qoladi.

2. 18 yoshli Teodor Ruzvelt. U paytlar bo‘lajak prezidenti astmadan aziyat chekardi. Kasallikka qarshi kurashish uchun u boks va eshkak eshish bilan shug‘ullanardi.

3. 4 yoshli Barak Obama uch g‘ildirakli velosipedda.

4. 17 yoshli Fidel Kastro basketbol o‘ynamoqda. U maktabda yaxshi o‘qiy olmagan bo‘lsa ham, ajoyib sportchi sifatida tanilgan edi.

5. 12 yoshli Muhammad Ali, u payti hali Kassius Kley.

6. 15 yoshli Yuriy Gagarin.

7. Jon Ueyn 19 yoshda.

8. 13 yoshli Sherilin Sarkisyan onasining mashinasini “qarzga olib turgani” hibsga olingan edi. Keyinchalik u xonanda Sher sifatida dong taratadi.

9. 10 yoshli Frenk Sinatra. Aftidan, u kelajakda buyuk bastakor bo‘lishini bilgan.

10. 8 yoshdagi Vladimir Visotskiy.

11. Norma Jin Beyker 19 yoshida harbiy zavodda ishlagan. Bir kuni zavodga suratkash kelib, xodimlarni rasmga tushiradi. U Normaning go‘zalligini to‘g‘ri baholab, qizga mashhur model va aktrisa Merilin Monroga aylanishda ko‘maklashadi.

12. 17 yoshli Jon Lennon bo‘lajak rafiqasi Sintiya bilan birga.

13. 13 yoshli Odri Xepbern. U Belgiyada tug‘ilib, Niderlandiyada ulg‘aydi. Angliyaga ko‘chib o‘tgach esa mashhurlikka erishdi.

14. Endi Uorxol 8 yoshida.

15. 14 yoshli Uinston Cherchill maktab libosida.

16. Ben Stiller 13 yoshida otasi bilan Nyu-Yorkka uyushtirgan safari chog‘ida suratga tushgan edi.

17. Robert de Niro 7 yoshida.

18. Stiven Xoking. 12 yoshida buyuk fizik hali o‘zi harakatlana olar edi. Kasallik uni o‘smirligida o‘rindiqqa mixlab qo‘ydi.

19. Monika Beluchchi, oddiy qishloqlik qizaloq.

20. Jan-Klod Van Damm.

21. 8 yoshli Pol Makkartni otasi bilan.

22. Rayhon. Foto: Instagram / @rayhonganieva

23. Nilufar Usmonova. Foto: Instagram / @nilufarusmonova

24. Shohruhxon va ukasi. Foto: Instagram / @_shohruhhon_

25. Bobur Yo‘ldoshev. Foto: Instagram / @boburyuldashev

26. Munisa Rizayeva. Foto: Instagram / @munisarizaeva

27. Sardor Rahimxon. Foto: Instagram / @sardorrahimxon

28. Shahzodaning o‘g‘li onasining bolaligiga o‘xshaydi. Foto: Instagram / @shahzodasinger

29. Asal Shodiyeva. Foto: Instagram / @asalshodieva

30. Lola Yo‘ldosheva. Foto: Instagram / @lolaofficial_

31. Sevara Nazarxon va onasi. Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

Top