00:33 / 25.11.2015
4996

Nyu-York aeroportida 13 kishi chegarachilar yonidan tasodifan o‘tib ketdi

Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportida Meksikadan kelib qo‘ngan samolyotning 13 nafar yo‘lovchisi bojxona tekshiruvi zonasidan tasodifan o‘tib ketdi, deb xabar bermoqda NBC News.

AQSh chegara xizmati vakili Entoni Buchchining ta'kidlashicha, 76 yo‘lovchidan 13 nafari aviakompaniya xatosi tufayli shunday yo‘l tutgan. Ulardan 10 nafari tekshiruv uchun qaytib kelgan, yana uch nafarining esa qaytib kelishi kutilmoqda.

Xavfsizlik bo‘yicha amaldorlar va chegara xizmati xodimlari bu kabi voqea qayta takrorlanmasligi uchun tegishli tekshiruv ishlarini olib bormoqda, deb ta'kidlab o‘tgan Buchchi.

Top