14:54 / 25.11.2015
3061

Obama IShIDga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga ko‘rsatma berdi

AQSh prezidenti Barak Obama Milliy xavfsizlik kengashi vakillari bilan tashkil etilgan yig‘ilish chog‘ida IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish chora tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatmoqda.

Obama shuningdek, jangarilar va ularga ko‘mak berayotgan kanallarga qarshi kurashishda hamkorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirishni kuchaytirishni ham tayinlagan.

Obama shuningdek, Iroq va Suriya hududida IShID guruhlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ham ta'kidlab o‘tgan.

Oldinroq AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden IShIDga qarshda koalitsiya a'zolari oldida jangarilarga qarshi sa'y-harakatlarni kuchaytirish lozimligi haqida bayonot bilan chiqqandi.

Top