11:23 / 25.11.2015
2160

Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonda “Shimol-Janub” yo‘li qurilishining uchinchi bosqichini moliyalashtiradi

Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonda “Shimol-Janub” yo‘li qurilishining uchinchi bosqichini moliyalashtiradi. Bu haqda mamlakat transport va kommunikatsiya vaziri Arg‘inbek Malabayev bayonot berdi.

“Uchinchi bosqich OTB tomonidan moliyalashtiriladi. Ayni paytda ular mufassal loyiha ishlab chiqishga 3 mln dollar ajratishdi. Mablag‘ hajmi texnik-iqtisodiy asoslovdan so‘ng ma'lum bo‘ladi”, - dedi u.

Malabayevning so‘zlariga qaraganda, dastlabki 2 bosqich Xitoy Eksimbanki tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bunda ajratilgan pullarning butun hajmi 700 mln dollarni tashkil qildi.

Top