08:01 / 25.11.2015
5520

Pentagon Rossiya harbiy samolyotining urib tushirilishiga aloqasi yo‘qligini aytdi

AQSh Mudofaa vazirligi bosh qarorgohida Istanbul Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotini urib tushirish haqidagi qarorni koalitsiya manfaatiga zid ravishda qabul qilgani aytildi.

Pentagonda samolyotning urib tushirilishi masalasida Turkiyani oshkor qo‘llab-quvvatlashni istashmadi.  

“Turkiya koalitsiyaning bir qismi hisoblanadi. Biroq bizning fikrimizcha, barcha davlatlar o‘zining havo hududini nazorat qilish va himoya qilishga haqli. Bu harakatlar Turkiya tomonidan aynan shu sababli amalga oshirildi va koalitsiya doirasidagi harakatlar hisoblanmaydi”, deb aytdi Pentagon vakili podpolkovnik Mishel Baldans.

Baldans NATO Istanbulning iltimosi bilan shoshilinch yig‘ilish yiqqan bo‘lsa ham, AQSh bu voqeaga aloqasi yo‘qligini qat'iy ta'kidlab o‘tdi.

“Ayni paytda biz AQSh kuchlari bu voqeada ishtirok etmaganlarini tasdiqlay olamiz”, deb aytdi Baldans.

Top