08:46 / 25.11.2015
6818

Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabi: “Moskva” kreyseri barcha xavf tug‘diruvchi nishonlarni yo‘q qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabi tomonidan Rossiyaning Suriyadagi aviatsiyasi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ishlab chiqilmoqda, deb aytilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy aytdi.

Uning aytishicha, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchaytiriladi.

Shu maqsadda S-300 majmuasiga o‘xshash “Fort” havo hujumiga qarshi tizimi bilan jihozlangan “Moskva” kreyseri Lataqiyaning sohilbo‘yi qismini egallaydi.

“Biz uchun xavf soluvchi barcha nishonlar yo‘q qilinishi haqida ogohlantiramiz”, deb aytdi Rudskoy.

Shuningdek, jangovor operatsiyalarni bajaruvchi samolyotlar qiruvchi samolyotlar bilan himoya qilinadi.

Top