07:12 / 25.11.2015
6276

Rossiya Mudofaa vazirligida Turkiyaning harakatlari nodo‘stona harakat deb ataldi

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan Turkiyaning harakatlarini nodo‘stona harakat deb atadi, deb aytilmoqda Mudofaa vazirligi xabarida.

“Rossiya Mudofaa vazirligining Turkiya bilan tezkor aloqa liniyasi bo‘yicha hamkorlikni tashkil etishga urinishlari muvaffaqiyat qozonmadi. Turkiya HHK harakatlarini nodo‘stona harakat deb qaraymiz”, deyilmoqda xabarda.   

Vazirlikda Rossiya aviatsiyasi jangovor harakatlari noqonuniy terrorchilik tuzilmalariga qarshi olib borilgani, bu tuzilmalar tarkibiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz mintaqasidan ko‘plab jangarilar kirishi ta'kidlandi.

Top