17:11 / 25.11.2015
4884

Samarqanddagi masjidda yuz bergan yong‘in sabablari ma'lum qilindi

23 noyabr kuni Samarqand shahridagi «So‘zangaron» mahallasida joylashgan «Xoja Nisbatdor» masjidi yonidagi savdo do‘konida elektr simlari tutashuvidan yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar qildi.

Shamol natijasida yong‘in alanga olib, masjid ayvonining peshtoq qismiga o‘tgan. Ko‘ngilsiz holat tuman yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan tezda bartaraf qilindi. Masjidning ayvon qismi yong‘indan biroz zarar ko‘rgan. Yong‘indan zarar ko‘rgan joy O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan qisqa muddat ichida ta'mirlandi.

Masjid binosining asosiy qismiga yong‘in o‘z ta'sirini o‘tkazmaganligi bois, mahallada yashovchi aholi besh vaqt namozlarini ushbu masjidda ado etishmoqda.

Top