10:52 / 25.11.2015
2394

Tunisda 30 kunlik favqulodda holat e'lon qilindi

Tunis hukumati mamlakat hudadida 30 kunlik favqulodda holat e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ushbu holat mamlakat prezidenti Beji Kaid as Sebsiy tomonidan prezident qo‘riqchilari bor avtobusning portlatib yuborilganidan so‘ng e'lon qilingan. Portlash natijasida 12 nafar kishi halok bo‘lgan.

Portlash Tunis sayyohlik vazirligi va ichki ishlar vazirligidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda sodir bo‘lgan. Manbaning ma'lum qilishicha, terakt hudkush-terrorchi tomonidan o‘zini portlatib yuborishi natijasida sodir bo‘lgan.

Top