18:40 / 25.11.2015
2702

Urganchda bolalar maydonchalarining safi yana bittaga ko‘paydi!

Joriy yilning 25 noyabr kuni Urganch shahrida “Ucell Quvonch makoni” loyihasi doirasida navbatdagi bolalar maydonchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali ochilish marosimida Ucell Kompaniyasining rahbariyati, OAV va mahalliy hokimiyat vakillari hamda tadbirning eng muhim mehmonlari – bolalar ishtirok etishdi. Bugungi kunda Kompaniya hisobida 4 ta zamonaviy va yorqin bolalar maydonchalari Farg‘ona, Qarshi, Buxoro va Urganch shaharlarining bolalariga xizmat qilib kelmoqda.
«Maydonchalar dizayni va ularni jamlash jarayoni halqaro standartlar asosida ishlab chiqilib, bolalarning havfsizligi va sog‘lom rivojlanishi bu borada muhim ahamiyatga ega» - deya ta'kidladi Rodica Verbeniuc, Ucell Kompaniyasining korporativ aloqalar departamenti direktori.


Musiqa sadolari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mehmonlarni jamladi. Shodiyonaga barcha mahalla ahli yig‘ildi. Bir soat davomida ertak qaxramonlari ertakomuz chiqishlari bilan barchani shod etishdi. Tadbir qatnashchilarining har biri tanlovlarda ishtirok etib, o‘z iste'dodini namoyish etdi va sovg‘alarni qo‘lga kiritdi. Tadbirning eng asosiy sovg‘asi bu – obodonlashtirilgan hududda o‘rnatilgan arg‘imchoqlar bo‘ldi.
“Bugun bizning quvonchimiz cheksiz! Endi do‘stlarim bilan o‘ynaydigan quvonch makonimiz bor. Men bunday makon aynan mening mahallamda qurilganidan faxrlanaman va barcha do‘stlarimni bu yerga taklif qilaman” – deydi Behzod Ayupov.
Bolalar maydonchasi sizni quyidagi manzil bo‘yicha kutib qoladi: Urganch shahri, Pahlavon Mahmud ko‘chasi.


Ushbu loyiha Kompaniyaning ishlab chiqilgan yillik ijtimoiy-iqtisodiy dasturi tarkibiga kirib, rejaga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab 12 ta maydoncha qurilishi ko‘zda tutilgan. Farg‘ona, Qarshi, Buxoro va Urganch shaharlarida istiqomat qiluvchi bolalar o‘z quvonch makonlariga baho berib ulgurdilar! Kompaniya loyihani amalga oshirishda o‘z yordamini ayamagan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari hamda ushbu loyihada ishtirok etgan joylardagi istiqomat qiluvchi aholiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Ucell Kompaniyasi Respublika bo‘ylab quvonch ko‘priklarini qurishda davom etadi.

Top