15:53 / 25.11.2015
3655

Yarmolenko: Kasilyasga gol urib, Rebrov uchun qasos oldim

Kiyevning «Dinamo» futbol klubi yarimhimoyachisi Andrey Yarmolenko, Yevropa chempionlar ligasining «Portu»ga (2:0) qarshi uchrashuvi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘yindan oldin bosh murabbiyimiz Sergey Rebrov bizga Ukraina chempionatida ko‘rsatayotgan o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerakligini uqtirgandi. Shunday futbolni biz yaxshi ko‘ramiz. Mag‘lubiyatga uchrasak, bizni hech o‘ldirib qo‘ymasligi bilardik, agar yutsak, guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardik».

«O‘yingacha darvozabonning penaltilarga reaksiyasini kuzatib kelgandim. Kasilyas har doim qaysidir tomonga otilgani e'tiborim tortgandi. Shuning uchun penaltini markazga tepishga qaror qildim».

«Rebrov o‘z vaqtida Kasilyasga penaltidan gol ura olmagani, shogirdning ustozidan o‘tib ketganini bildirmaydi. Men gol urdim – Rebrov uchun o‘ch oldim», – deya Yarmolenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Footboom.com «Futbol 1» telekanalida efirdan parcha keltirib.

Top