12:38 / 26.11.2015
8666

“Men musulmonman va terrorchi emasman!”

Parij voqealaridan so‘ng musulmonlarga nisbatan turli fikrlar yanada avj oldi. Bundan salbiy munosabatlarga qarshi o‘laroq, Parijlik ikki musulmon repper Deen Squad “Musulmon” nomli qo‘shiq yozib, klip suratga olishdi. Klipda «Yo‘q, men terorchi emasman» so‘zlari aks etgan. Guruh a'zosi Djye Din (Jae Deen) va Karter Zaxer (Karter Zaher) Facebook sahifasidagi 1,2 mln o‘quvchisidan o‘z fotografiyasiga “Men musulmonman va terrorchi emasman!”, degan so‘zlarni yozishini so‘ragan.


Hozirga qadar #MuslimsAreNotTerrorist xeshtegi misli ko‘rilmagan darajada ommalashib ketdi. Ularning klipi 39 mln.dan ziyod “layk” va “repost” yiqqan bo‘lsa, ko‘rganlar soni 7,8 mln.dan oshgan, deb yozadi Muxlis.uz portali.

Top