20:45 / 26.11.2015
4589

AQSh Suriyaning Kobani shahriga 50 nafar harbiy yubordi

AQSh Suriyaning shimolidagi Kobani shahriga kamida 50 nafar harbiy yubordi, deb xabar bermoqda Al Mayadeen nashri.

Harbiylar kurdlarni IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden IShID jangarilariga qarshi kurashayotgan koalitsiya a'zolariga o‘z sa'y-harakatlarini faollashtirish chaqirig‘i bilan yuzlangandi.

O‘z navbatida Pentagon rahbari Eshton Karter agar AQSh IShIDga qarshi birga kurashsa bo‘ladigan mahalliy kuchlarni topa olsa, Suriyaga AQShlik harbiylarning qo‘shimcha guruhi “shubhsiz” jo‘natilishini aytgan edi. AQSh Suriyada maslahatchilar sifatida maxsus operatsiyalar bo‘yicha kam sondagi mutaxassislarni joylashtirishni rejalashtirgan edi.

Top