10:36 / 26.11.2015
3166

AQShda to‘rt yo‘lovchi telefonda “dinamit” so‘zini ishlatgani uchun reysdan qoldirildi

Amerikaning Baltimor shahri aeroportida politsiya to‘rt yo‘lovchini bortdagi qo‘shni yo‘lovchi ayol ulardan biri telefon orqali suhbatda “dinamit” so‘zini ishlatgani haqida xabar berganidan so‘ng reysdan chiqarib yubordi, deya xabar bermoqda The Mail.

Hodisa 17 noyabrda – Parijdagi teraktlardan bir necha kun o‘tganidan so‘ng Chikagoga yo‘l olgan Spirit Airlines samolyotida bo‘lib o‘tgan. Bu paytda layner uchish-qo‘nish yo‘lagidan joy olib ulgurgan edi.
Yo‘lovchilardan biri ekipaj a'zolariga yuzlanib, u bilan birga ketayotganlar bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgani va “inglizchada gaplashmaganini” aytgan. U suhbatdagi BLR va Dynamite (BLR — Hindistonning Bangalor shahri xalqaro aeroportining kodi) so‘zlarini payqab qolgan.

Samolyot kapitani terminalga qaytishga qaror qilgan, shubha ostidagi yo‘lovchi va uning uch hamrohi so‘roq qilinib, so‘ngra hech qanday ayblovlarsiz qo‘yib yuborilgan. “Uning telefonidan bunday xabar topilmadi”, - dedi Merilend transport politsiyasi boshqarmasi vakili Jonatan Grin.

Top