16:26 / 26.11.2015
2869

Atambayev olti millioninchi qirg‘izistonlikka aylangan chaqaloq uchun 1 mln somlik depozit ochtirdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 26 noyabr kuni tug‘ilib, olti millionichi qirg‘izistonlikka aylangan chaqaloq oilasiga alohida yashash uchun uy berish bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi.

Bundan tashqari, prezident olti millioninchi qirg‘izistonliklar ro‘yxatini ochib bergan chaqaloq uchun 1 mln. somlik depozit ochtirdi.

6 millioninchi chaqaloq bilan bir vaqtda tug‘ilgan yana 10 nafar chaqaloqning har biri uchun 100 ming qirg‘iz somida ijtimoiy yordam puli ajratiladigan bo‘ldi.

Top