13:01 / 26.11.2015
4407

Aviakompaniya: 8 mlrd dollarga Olmaota aeroportida oltin unitazlar o‘rnatish mumkin

Qozog‘istonning Olmaota shahrida yangi aeroport qurishga 8 mlrd dollar talab qilinishi ma'lum qilingan edi. Yangi majmua o‘z ichiga markazlar va istirohatgohlarni oladi. Ammo, mutaxassislarning fikricha, bu pullarga shaharda bir emas, sakkiz aeroport qursa bo‘ladi. Ularning fikrlarini “Vremya” nashri keltirmoqda.

Jumladan, “Sayohat” aviakompaniyasi rahbari Vladimir Kuropatenko yangi aeroport qurilishiga 122.5 mln dollar kifoya qilishini ta'kidladi.
Shaharda yangi havo maskani qurish rejasi o‘tgan asrning 80-yillaridayoq aytib o‘tilgan edi. Buning uchun hatto maxsus joy ham ajratilgan edi – Qopchig‘ay suv omboriga yaqin. 90-yillar o‘rtalarida “Sayohat” kompaniyasi qurilish ishlarini boshladi, ammo loyiha muzlatib qo‘yildi.

Loyiha hozircha qaytadan boshlanmagan bo‘lsa ham, kompaniya mutaxassislari qurilish rejasini ishlab chiqqanlar. Uning ijrosiga 1.5 yil ketishi aytilmoqda, zero ayrim ishlar allaqachon bitirilgan – to‘g‘on qurilgan va yo‘l o‘tkazilgan.
Kuropatenko ko‘pgina xorijiy kompaniyalar norozilik bildirmoqda. Shunga qaramay, u rejani amalga oshirish niyatida.
Kuropatenkoning ta'kidlashicha, aytilgan 8 mlrd dollarga aeroport ichida oltindan unitazlar o‘rnatsa bo‘ladi.

“Dasht o‘rtasida ko‘ngilochar markaz kimga kerak? Kim u yerga boradi, bu pullarni ular qayerdan chiqarib olmoqchi? Yozishlaricha, yo‘lovchilar oqimi yiliga 20 mln kishini tashkil qiladi... Bugun Olmaota aeroporti yiliga 2 mln yo‘lovchini qabul qiladi. Odamlarni va davlat rahbarini aldab nima kerak?”, - dedi u.

Top