12:39 / 26.11.2015
9100

CNN: Anqaraning Su-24ni urib tushirish qarori Erdo‘g‘anning NATOdagi obro‘yini tushirib yubordi

Rossiyaga tegishli samolyotni urib tushirish haqidagi qaror Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning obro‘ini NATO bo‘yicha ittifoqchilar oldida tushirib yubordi, shuningdek, G‘arbning rasmiy Moskva bilan IShID qarshi kurash masalasida yaqinlashishga bo‘lgan urinishlarini yo‘qqa chiqardi.

Bu fikrlar CNN telekanalining saytida chop etilgan materialda keltirildi.
“Hozirning o‘zidayoq Germaniya va Chexiyaning rasmiy shaxslari Turkiyaning harakatlari borasida o‘z taajjublarini bildirmoqda”, - deyiladi maqolada.
“Endilikda Erdo‘g‘anning NATO bo‘yicha hamkorlari uni murakkab vaziyatni yanada chigallashtira oladigan ishonchsiz odam deb bilishadi.

Sovuqqonlikni saqlay oladigan hamkor sifatida qaramaydilar, vaholanki mana shu Shimoliy Atlantika alyansiga sovuq urush oxiriga qadar yashab qolish imkonini bergan”, - deb hisoblaydi muallif.

Top