23:39 / 26.11.2015
7776

Erdo‘g‘on Su-24 halokatidan so‘ng Putinga qo‘ng‘iroq qilish uchun harakat qilganini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on Su-24 fojiasidan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishga uringani, ammo suhbat bo‘lib o‘tmagani haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Rossiya samolyoti urib tushirilganidan so‘ng, men Rossiya rahbari Putinga qo‘ng‘iroq qildim, ammo u javob bermadi”, — dedi Erdo‘g‘on.

Avvalroq Erdo‘g‘on urib tushirilgan Rossiya samolyoti uchun Turkiya Rossiyadan uzr so‘ramasligini ma'lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turk uchuvchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifani bajargan.

Top