16:56 / 26.11.2015
3279

"Frantsuz baronessasi" 100 yoshi arafasida Rossiya fuqaroligini olishni istamoqda

Fransiya istiqomat qiluvchi oq emigrant Vladimira fon Dreyyerning qizi — dekabr oyida 100 yoshga to‘ladigan baronessa Irina Vladimirovna fon Dreyyer RF hukumatiga o‘zining vatani deb hisoblaydigan Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha murojaat qilib chiqdi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

«Onam Rossiya pasportini olishga qaror qildi. Chunki u rus. U 1915 yil 15 dekabr kuni Moskvada tug‘ilgan, 1920 yilda noyabrda oilasi bilan, otasi qirollik armiyasi general-mayori, oq harakat ishtirokchisi bilan birga Rossiyani tark etgan. Shunday qilib u Rossiya fuqaroligidan ayrilgan. Hozir unda Fransiya fuqaroligi mavjud, lekin bu pasportni ruschasiga almashtirmoqchi», — deya gapirib o‘tgan uning o‘g‘li baron Foma fon Dreyyer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun muqaddam Irina Vladimirovna pasport olish bo‘yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan.

«Bu voqea Putinning Parijga kelgan kunlari (30 noyabr nazarda tutilmoqda). Sodir bo‘ladimi yo‘qmi, bilmayman. Biz qanchalik tezroq pasport olsak, bu juda katta xursandchilik keltirgan bo‘lardi», — deydi Fon Dreyyer.

Top