09:33 / 26.11.2015
13672

OAV: IShID Ukraina, Moldova va Maltani dushmanlari qatoriga kiritdi

IShID terrorchilik guruhi navbatdagi tashviqot videosini chop etdi va unda global aksilterrorchilik koalitsiyaga kiruvchi va o‘zining dushmanlari bo‘lgan davlatlar nomini sanab o‘tdi, deb yozmoqda The Mirror nashri.

Biroq terrorchilar tomonidan “iblislar koalitsiyasi” deb atalgan ro‘yxat taajjublantiradi – bu ro‘yxatga Rossiya, AQSh, Fransiya va Isroil kiritilishini mantiqan qandaydir asoslab bo‘lsada, biroq aksilterrorchilik koalitsiyasiga aloqasi bo‘lmagan Ukraina, Moldova, Bosniya va Gertsegoviniya, Shveytsariya hamda Maltaning kiritilishi mantiqsiz ko‘rinadi. Terrorchilar “qora ro‘yxat”ga kiritilish mezonlarini tushuntirib o‘tirishni istasmagan.

IShID jami bo‘lib o‘zining dushmanlari sifatida 60 davlat nomini aytib o‘tgan. Video 4 tilda – ingliz, rus, fransuz va turk tilida namoyish etilgan. Ushbu video paydo bo‘lgandan keyin ommaviy videoresurslardan tez fursatlarda o‘chirib tashlangan.

Top