22:34 / 26.11.2015
8194

O‘zbekistonda birinchi marta qoshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya bajarildi

O‘zbekistonda birinchi marta qoshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya bajarildi. Bunday operatsiyalar qoshlarning siyraklashishi muammosiga duch kelgan odamlarga yordam berishi mumkin, deb aytmoqdalar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida.

Qoshlar to‘kilishi muammosiga erkaklar ham, ayollar ham uchraydi. Qoshlarning siyraklashishi yoki umuman yo‘qolishi bir qator sabablar oqibatida sodir bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda amaliyotda bu muammo bilan samarali kurashishga imkon beruvchi yangi texnologiyalar paydo bo‘ldi.

Tibbiyot markazida qoshlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Bu operatsiyalar qoshlarning tabiiy ko‘rinishiga va yangisining shakllanishiga imkon beradi. Donorlik sochlari mijozning chakka qismidan olinadi.

Birinchi mijozlar 26-38 yoshdagi 4 ayol bo‘ldi. 1-1,5 oydan beri barcha bu ayollarda ko‘chirib o‘tkazilgan sochlar to‘kilishi kuzatiladi, bu har bir soch ildizining hayot davrasi bilan bog‘liq. Biroq operatsiyadan keyin 3 oydan keyin ko‘chirib o‘tkazilgan qoshlar o‘rnashib, ularning hayot davrasi tabiiy qoshlarniki bilan birxillashgan.

Olingan natijalar shifokorlarga FUT texnologiyasi bo‘yicha sochlar o‘tkazish qosh sohasida soch qoplamasining qisman yoki to‘liq yo‘qolishida eng samarali korrektsiyalovchi usul ekanligini tasdiqlashlariga imkon beradi.

Top