19:08 / 26.11.2015
6413

Peterburgda terrorchiligi gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiya Federal xavsizlik xizmati terrorchilik guruhlaridan biriga a'zolikda gumon qilinib xalqaro qiduruvga berilgan, Peterburgda noqonuniy ravishda yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA «Novosti» Leningrad viloyati FXX bo‘limi matbuot xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.

«Olib borilgan tezkor-qidiruv kompleks tadbirlari natijasida Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi», — deyiladi xabarda. 

Axborot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, hibsga olingan shaxs terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish, konstitutsion tuzumni ag‘darishga urinish, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni ishlab chiqarish va tarqatish kabi bir qator jinoyatlarda ayblanib O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidiruvga berilgan. Shuningdek fuqaro terrorchilik tashkilotlariga tegishli bo‘lgan ekstremistik ruhdagi kitoblarni tarqatishda ham ayblanmoqda.

Manba uning aynan qaysi terrorchilik guruhi vakili ekaniga oydinlik kiritmagan.

Top