19:21 / 26.11.2015
2839

Qrim qishki o‘quv-mashg‘ulotlari vaqtida Rossiya jamoalarini qabul qilishga tayyor

Qrim Rossiya klublari uchun Turkiya o‘rniga qishki o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil qilib berishga tayyor. Bu haqda Qrim futbol ittifoqi (QFI) Yuriy Vetoxa ma'lum qildi, deya xabar bermoqda «R-Sport».

Manbaning yozishicha, buning uchun sport inshootlarini tayyorlash lozim bo‘ladi.

«Qishki tanaffus paytida Turkiyaga borish taqiqlanishi yoki bormaslik tavsiya qilinishi mumkin ekan. Unda biz ularni qabul qilib olishimiz mumkin va bundan faqat xursand bo‘lamiz. Ammo bizda hozir boshqa muammo – elektr toki bilan ta'minlanish ham muhim bo‘lib turibdi», deya ta'kidladi Vetoxa.

Top