20:40 / 26.11.2015
15038

Rossiya TIV: O‘ldirilgan rossiyalik uchuvchi atrofida “raqsga tushganlar” haqida AQShga barchasi ma'lum

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, rossiyalik uchuvchini kimlar o‘ldirgani haqida AQSh barcha narsani biladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik uchuvchini yerdan turib kimlar otgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon yetarlicha ma'lumotlar bor.

“Bizda AQSh davlat departamenti ularning kimligini bilishi haqida yetarli ma'lumotlar bor. Biz davlat departamentidan kerakli ma'lumotlar berilishi kutyapmiz. Rossiyalik o‘ldirilgan uchuvchi atrofida raqsga tushganlar kimlar o‘zi?” — dedi u.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ularga nisbatan Anqaraning munosabatini Rossiya kutmoqda.

TIV vakilining fikricha, Anqara yonini olayotganlar tinch aholi vakillari emas.

Top