21:40 / 26.11.2015
4685

Rosturizm: Turkiya rossiyalik sayyohlardan yiliga 10 mlrd dollar foyda olgan

Rosturizm boshlig‘i Oleg Safonovning aytishicha, Turkiya har yili rossiyalik sayyohlardan yiliga 10 mlrd dollar foyda olgan va endi bu daromaddan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Avval Turkiyaga har yili 4 mln 400 ming rossiyalik tashrif buyurgan va Turkiya bizning sayyohlardan har yili 10 mlrd dollar foyda olgan. Ko‘rinishicha, Turkiya endi bu pullarni olmaydi”, deb aytdi Oleg Safonov.

Avvalroq Oleg Safonov Rossiya va Turkiyaning sayyohlik sohasidagi hamkorligi Misrdagi kabi to‘xtatilishini ma'lum qilgandi.

Top