15:15 / 26.11.2015
2466

Toshkent shahrida navbatdagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetdi

Toshkent shahar hokimligida “Toshissiqquvvati” IChB unitar korxonasi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda korxona rahbari Farhod Hamidxonov joriy kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, isitish mavsumi boshlangunga qadar 19ta qozon ta'mirdan chiqarilgan, 481 ta mahalliy qozonxona hamda 61ta nasos joriy ta'mir qilingan. Shuningdek, magistlar va taqsimlovchi quvurlarning 449 kilometri ta'mirdan chiqarildi, xususan, 30 kilometrlik quvurlar qayta yotqizilgan, 92 kilometrda izolyatsiya tiklangan.

“Toshissiqquvvati” IChB UK tasarrufida jami 170ta qozonxona mavjud bo‘lib, ularning 3tasi markaziy (2-IM, “Suvsoz”, “Sanoatenergo”), 116tasi lokal va 51tasi modul tipidagi avtomatik tarzda ishlovchi qozonxonalardir.

Matbuot anjumanida Toshkent shahrida jami 13149ta bino, shu jumladan, 9141ta ko‘p qavatli uy issiqlik tarmoqlariga ulangani aytib o‘tildi.

Top