08:31 / 27.11.2015
3816

AQShda Oq uyga kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Oq uy hududiga kirib olmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda CNN xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu vaqtda prezident Barak Obama Oq uyda oilasi bilan Shukronalik kunini nishonlayotgandi.

Hududga kirmoqchi bo‘lganning shaxsi aniqlangna. Jozef Kaputo Oq uyning shimoliy qismidan to‘siqni oshgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan. U o‘sha zahotiyoq xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Mahalliy fotomuxbirlarning olgan suratlarida to‘siqdan oshayotgan, konvert tutgan, ko‘k ko‘ylakda va oq shimdagi, yelkasiga AQSh bayrog‘ini tashlagan yigitni ko‘rish mumkin.

Uning harakat haqida ma'lum bo‘lgach, prezident qarorgohi yopib qo‘yilgan.

Top