10:23 / 27.11.2015
10527

Dovudo‘g‘li: Turkiya Rossiya bilan ixtilofni bartaraf qilmoqchi

Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li The Times gazetasida chop etilgan maqolasida rasmiy Anqara Rossiya va ittifoqchilar bilan hamkorlikda Su-24 samolyotining urib tushirilishi tufayli kelib chiqqan ixtilofni bartaraf etish yo‘lida ishlashini bayon qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar davom etmoqda. Ammo muzokaralar vaziyatni murakkablashtirgan, xolos.
“Zaruriy muhokamalar hozir ham davom etmoqda”, - deb yozadi Dovudo‘g‘li. Uning ta'kidlashicha, Turkiya o‘z hududini himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirishda davom etadi.

Top