19:11 / 27.11.2015
38520

Erdo‘g‘an: Rossiya "olov bilan o‘ynashmasin"

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaga "olov bilan o‘ynashmaslik"ni tavsiya qildi. Uning bu gapi Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq voqeadan keyin o‘zini tutishiga nisbatan aytilgan. “Hurmatli Putin, kim terrorchilikka nisbatan ikki xil standart qo‘llasa, o‘sha olov bilan o‘ynayapti”, - ta'kidladi Erdo‘g‘an.

“Men bu so‘zga oxirigacha qo‘shilaman, to‘g‘ri, - so‘zida davom etdi Turkiya yetakchisi. – Suriyada 380 ming jonni olgan davlat terrorchiligini qo‘llagan Asad rejimini yordam berish... IShIDni o‘qqa tutish bahonasi bilan xalqaro rasmiy maqomi bo‘lgan muxolifatni o‘qqa tutish, to‘g‘ri, olov bilan o‘ynashishdir. Mintaqada tijoriy faoliyat hamda gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida ketayotgan yuk mashinalarini ma'suliyatsiz bir shaklda o‘qqa tutish, to‘g‘ri, olov bilan o‘ynashishdir”.

“Rossiyaga samimiy bir shaklda olov bilan o‘ynashmaslikni tavsiya qilamiz”, - so‘zini yakunladi Turkiya prezidenti.

26 noyabr kuni Erdo‘g‘an Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun Rossiyadan uzr so‘ramasligini aytib o‘tgandi.

Biroz oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Turkiyaning "haddidan oshganini" bildirgandi.

Top